O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 196-son qarorining
4-ilovasiga asosan erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish va erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
nizomiga ko‘ra quyidagi hujjatlar taqdim etiladi.
- “Urgut” EIZ hududida ishlab chiqarishni amalga oshirish maqsadidagi investitsiya buyurtmanomasi (investitsionnaya zayavka);
- Yuridik shaxsning (investorning) ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot-Guvohnoma;
- Tavsiya qilinayotgan investitsiya loyihasining biznes-rejasi;
- Investorning tegishli sohadagi va/yoki shunga o‘xshash loyihalarni amalga oshirishdagi ish tajribasi mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumot; Agarda Tegishli sohada va shunga o‘xshash loyihalarni amalga oshirishda ish tajribasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, investor Direksiyaga investitsiya loyihasini amalga oshirishda jalb etiladigan texnologik hamkorlar to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etadi.
- Investorning oxirgi uch yilda moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot. Agarda moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritmagan yoki bir yildan kam yuritgan bo‘lsa, investor Direksiyaga investorning bittadan kam bo‘lmagan muassisining moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
- Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra bank kreditiga ehtiyoj mavjud bo‘lgan taqdirda, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki bilan kelishilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot.
(Taqdim etilayotgan barcha hujjatlar tasdiqlangan shakldagi ikki nusxasi va elektron SD diskdan iborat bo‘lishi shart)
Direksiyaga taqdim etilayotgan biznes-rejada quyidagi asosiy holatlar aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
- ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning nomi, hajmlari va turi;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotning mo‘ljallanayotgan narxlari va sotish bozorlari, mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish hajmlari;
- taklif etilayotgan loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma va muhandislik inshootlari;
- ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish uchun EIZ hududidagi uchastkaning mo‘ljallanayotgan o‘lchamlari;
- asosiy ishlab chiqarish sexi, uskuna va texnologik liniyalar, ma’muriy-maishiy, ombor va boshqa yordamchi binolarning joylashishi ko‘rsatilgan ishlab chiqarishni joylashtirishning dastlabki chizmasi;
- xomashyo bazasining mavjudligi hamda loyihani amalga oshirish davrida xomashyo va materiallar bilan ta’minlashning kafolatlangan imkoniyati;
- mo‘ljallanayotgan ishlab chiqarish texnologiyasining ekologik talablar hisobga olingan holdagi tavsifi;
- foydalanilishi mo‘ljallanayotgan savdo markasi to‘g‘risidagi ma’lumot;
- iqtisodiy samaradorlikning hisob-kitoblari, shuningdek investitsiya loyihasini amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimi;
- mo‘ljallanayotgan investitsiyalarning hajmi, turi va muddatlari, moliyalashtirish manbalari va qarz mablag‘lari jalb etilgan taqdirda mo‘ljallanayotgan garov ta’minoti;
tashkil etiladigan ish o‘rinlari soni;
tashkil etiladigan tashkilotning shtatdagi xodimlarini jalb etilgan xodimlar umumiy sonining kamida 95 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan to‘ldirish, ularga tajriba orttirishdan va malaka oshirishdan o‘tish imkoniyatini berish.